TSELSIY
TSELSIY (CELSIUS) ANDERS (1701.27.11 – Upsala – 1744.25.4) – shved astronomi va fizigi, Stokgolm Fanlar Akademiyasi a’zosi. Upsaladagi universitetda o’qigan, shu universitetda professor (1730 yildan). Upsala astronomik rasadxonasi direktori (1740 yildan). 1736-37 yillarda meridian yoyini o’lchash bo’yicha Laplandiya ekspeditsiyasida qatnashgan. Ilmiy ishlari astronomiya, geofizika va fizikaga oid. 1742 yilda yuz gradusli temperatura shkalasini taklif qilgan.