TSENTROMERA

TSENTROMERA (lotincha centrum, kentro va meros — bo’lak, qism), kinetoxor — mitoz yoki meyoz bo’linishda xromosomalarning qutblarga siljishini ta’minlovchi qismi. Tsentromeraga bo’linish duki ipchalari (mikronaychalar) birikadi. Xromosomalar Tsentromeraning joylashgan o’rni bilan bir-biridan farq qiladi; bundan xromosomalarni tasnif qilishda foydalaniladi. Tsentromeraning joylashishiga qarab yelkalar (telomerlar) uzunligi o’zgaradi. Tsentromeraning joylashgan o’rniga ko’ra xromosomalar akrosentrik, metasentrik, submetasentrik bo’ladi. Tsentromera joyining o’zgarishidan xromosoma mutatsiyalarini aniqlashda foydalaniladi.