TSEREZIN

TSEREZIN (lotincha cera — mum) — yuqori molekulali qattiq asiklik va tsiklik to’yingan uglevodorodlar aralashmasi. Oq rangdan jigarranggacha; mumga o’xshaydi. Tabiiy Tserezin 57-80° da, sintetik Tserezin esa 90-100° da suyuqlanadi. Ozokerit, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda uglerod oksid bilan vodoroddan sintez qilib olinadi. Konsistent surkamalar tayyorlashda, elektr izolyatsiya materiali sifatida asbob va uskunalarni zanglashdan saqlashda, qog’oz va gazlamalarga shimdirishda va tibbiyotda qo’llanadi.