TSEFEY
TSEFEY (lotincha Cepheus) — osmonning Shimoliy qutbi yaqinidagi yulduz turkumi; Kichik Ayis, Oqqush, kaltakesak, jiraf va Ajdar yulduz turkumlari orasida joylashgan; 1784 yilda kashf qilingan. Eng Ravshan yulduzi 3-yulduz kattaligida; Tsefeyning 8 yulduzi o’zgaruvchan bo’lib, tsefeidalar deb ataluvchi o’zgaruvchan yulduzlar sinfining nomi shu yulduz bilan bog’liq. O’zbekiston hududida yil bo’yi ko’rinadi.