Orkestr nima?
Zamonamizda har holda orkestrdan taralgan sadolarni hech qachon eshitmagan odamni topish gumon. Orkestr — bu, turli cholg’u asboblarini chaladigan mug’anniylarning kattakon guruhi. Orkestrlar har xil bo’ladi. Simfonik orkestr — eng yirigi va sado taratishda eng mukammali. U 100 ga yaqin ijrochilardan tarkib topadi, ulardan yarmidan ko’prog’i torli musiqa asboblarini chaladi. Qolganlar esa yog’och puflama, mis va zarbli cholg’u asboblarini chalishadi. Shuningdek kamer orkestr ham mavjud. Unda 15 dan 30 nafargacha ijrochi bo’ladi. U yetarlicha ixcham va aytarli katta bo’lmagan zallarda yoxud hattoki xonalarda ham kuy chalishi mumkin. Torli orkestr faqat simfonik orkestrning torli cholg’u asboblaridan iborat bo’ladi. Shuningdek puflama va estrada orkestrlari ham bor. Orkestr yuz yillar davomida takomilga yetishdi. Qadimgi Yunonistonda tragediya namoyish etilayotganida xor o’rnashadigan sahna qarshisidagi joy orkestr deb atalar edi. Va faqatgina ancha keyin, Yevropada musiqa san’ati ravnaqi zamonida, birgalikda va turli-tuman cholg’u asboblarida musiqa asarlarini ijro etadigan mug’anniylarning kattakon dastasi orkestr deb yuritila boshlanadi. Qoida tariqasida, o’sha zamonlarda faqatgina badavlat ayonlarda orkestrlar bo’lgan. Ko’pgina ulug’ kompozitorlar o’z musiqalarini aynan orkestr uchun bastalaganlar. Borgan sayin yangidan-yangi cholg’u asboblari orkestrga qo’shila boshladi. Basharti Yevropa bo’ylab sayohat qilgan Usmonli turk orkestrlari mug’anniylarni yangi zarbli cholg’u asboblari: nog’ora, chang va boshqalar bilan oshno etadilar. Orkestr borgan sayin o’sdi va kompozitorlar istifoda etadigan cholg’u asboblarining miqdori va turlariga ko’ra o’zgarib bordi. Kompozitorlar ham orkestrga yangi sadolar va sado pardalarini tasvirlash imkonini beradigan musiqalar bastaladilar.