TSIKLOPLAR

TSIKLOPLAR (Cyclopoida) — eshkak oyoqli qisqichbaqalar kenja turkumi. Uzunligi 1-8 millimetr. Bitta naupleus ko’zi bor (nomi shundan). Urg’ochisida 2 ta tuxum xaltasi bo’ladi. 250 dan ortiq turi, asosan, chuchuk suvlarda tarqalgan. Ko’pchiligi suv tubida yoki suv tubiga yaqin qatlamda, suvo’tlar orasida, ba’zan planktonda yashaydi. Ayrim dengiz Tsikloplari nur taratadi. Ko’pchiligi yirtqich, mayda umurtqasizlar, hatto baliq chavoqlari bilan oziqlanadi; ayrimlari o’simlikxo’r. Bir qancha turlari baliklar va umurtqasiz hayvonlar paraziti, ayrim turlari parazit chuvalchanglar (keng tasmasimon, rishta) oraliq xo’jayini. Tsikloplar — ko’pchilik baliqlar uchun oziq.