TSINKOBUROV GEORGIY IVANOVICH

TSINKOBUROV GEORGIY IVANOVICH (1919.15.6, Krasnodar — 2000.18.12, Toshkent) — O’zbekistan xalq artisti (1979). 2-jahon urushi qatnashchisi. 1950-89 yillar rus yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Ferdinand («makr va muhabbat»), Sasha («ikki kapitan»), listovskiy («etuklik attestati»), Zaxarov («Abdulla Nabiev»), Antifol Efesskiy («Xatolar komediyasi»), Alibobo («Alibobo va qirq qaroqchi»), Podxolyuzin («Qo’ynidan to’kilsa qo’njiga») kabi rollari bilan tanilgan.