IVLIYEV YURIY DMITRIYEVICH

IVLIYEV YURIY DMITRIYEVICH (1923.17.4, Toshkent – 1945.11.2, Grodno) — 2 – jahon urushi qatnashchisi, 1940 yildan armiyada. 1942 yildan frontda. 312-shturmchi aviasiya polki (2-Belorussiya fronti 4-havo armiyasining 233-shturmchi aviasiya diviziyasi) ning eskadrilya komandiri. Ivliyev 120 marta Jangovar parvoz qilib, dushmanning muhim harbiy nuqtalarini yakson qilgan. 1944 yil 26 oktabrda qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Ivliyev 1945 yil 29 yanvarda jangovar topshiriqni bajarish paytida halok bo’lgan. Toshkentdagi ko’chalardan biri Ivliyev nomi bilan yuritiladi.