IDEOGRAFIK YOZUV

IDEOGRAFIK YOZUV [Yunoncha idea – ideya (g’oya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir so’zni yoki tushunchani bildiradigan yozuv turi. Qadimgi yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi va boshqa ayrim yozuvlar ideografik yo’sinda bo’lgan. Ideografik yozuv juda murakkab; ko’pgina xalqlarda nisbatan soddaroq yozuvlar — bo’g’inli yozuv va harfli yozuv taraqqiy etgan.