ILON

ILON (lotincha serpens) — ekvatorni kesib o’tuvchi yulduzlar turkumi. Belgisi Ser. Uni ilon eltuvchi yulduzlar turkumi kesib, bosh va quyruq qismga ajratadi. Mezon, Sunbula, Ho’kizboqar, Shimolip toj, Gerkules, Burgut, qalqon va qavs yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Eng yorug’ yulduzi 2 kattalikda. Bahor va yozda ko’rish mumkin.