ISH O’RNI

ISH O’RNI — muayyan kasbdagi bir xodimning mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun moslashtirilgan va ishni bajarish uchun ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan jihozlangan joy. Korxona yoki tashkilotlarda Ish o’rni ish grafigi va smenalar sonini, ta’tillarni hisobga olgan holda, ishlaydigan xodimlar soniga teng bo’lishi kerak.