IBN DOVUD
IBN DOVUD, Avraam (taxminan 1100, Toledo — taxminan 1180, Kordova) — yahudiy tarixchisi va faylasufi. «Al-aqidat ur- rafi’a» («yuksak imon») asarida davrining taraqqiyparvar g’oyalarini ilgari surdi va Ibn Sino asarlari ta’sirida Ibn Jebirol neoplatonizmiga qarshi chiqdi. Ibn Dovudning falsafiy qarashlarida materialistik fikrlar bilan birga diniy aqidalarga ishonish ham bor. Jumladan, Ibn Dovud Bibliyaning dunyo yo’klikdan, hech narsadan Xudo tomonidan yaratilgan degan fikrini himoya qildi. Ibn Dovud fatalizmni inkor etdi va inson irodasi erkinligi to’g’risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Ibn Dovud o’rta asr taraqqiyparvar mutafakkirlari ijodiga katta ta’sir ko’rsatdi.