IBN AL-XATIB ABU ABDULLOH LISONUDDIN MUHAMMAD IBN ABDULLOH IBN SA’ID
IBN AL-XATIB ABU ABDULLOH LISONUDDIN MUHAMMAD IBN ABDULLOH IBN SA’ID (1313, Loxa – 1374, FeS) -Arab tarixchisi, G’arnota (Grenada) sultoni vaziri (1348-54). Asli shomlik. Yirik ulamolardan ta’lim olgan. Vazirlik davrida «Zulvizoratayn» (ya’ni, ham ilm bobida, ham davlatni idora qilishda vazir) degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan. Keyinchalik dahriylikda ayblanib qatl etilgan. Tarix, geografiya, tasavvuf, she’riyat va tabobatga doir 60 ga yaqin asar yozgan. Ko’pchiligi tarixga oid bo’lib, ulardan eng muhimlari — «Al- ihota fiy ta’rix G’arnota» («G’arnota tarixi xususida xabarnoma») va «ta’rix Isbaniya al-islomiyya» («Islomiy ispaniya tarixi») dir. Birinchisi Qohira (1901) da, ikkinchisi Bayrut (1956) da nashr qilingan. Ibn al-Xatib asarlari Islom madaniyati tarixi, xususan, Ispaniya musulmonlari tarixiga oid muhim manbadir.