IBN TUFAYL ABU BAKR MUHAMMAD IBN ABDULMALIK

IBN TUFAYL ABU BAKR MUHAMMAD IBN ABDULMALIK (taxminan 1110-1185) — Arab yozuvchisi, davlat arbobi, tabib. Granada (Andalusiya) va Marokashda yashagan. U hokim Abdulmo’min (1130— 63) ning shaxsiy kotibi, xalifa Yusuf (1163-84) ning vaziri va tabibi bo’lgan. «Hayy ibn Yaqzon» («Yaqzon o’g’li Hayy») kitobi o’rta asr falsafasi va Arab mumtoz adabiyotining Nodir yodgorligidir. Asar dastlab lotin tiliga, so’ngra Yevropa va ba’zi Sharq tillariga tarjima qilingan. D. Defoning «Robinzon Kruzo» romani bilan Ibn Tufayl asari syujetida umumiy o’xshashliklar mavjud.