INGRESSIYA

INGRESSIYA (lotincha ingressio — kirish, bostirib kirish) — dengiz suvining sohilning pastqam joylarga bostirib kirishi. Ingressiya dengiz suvi sathining ko’tarilishi yoki sohilning cho’kishidan sodir bo’ladi. Ingressiyani transgressiyadan farqi Ingressiyada abraziya kuzatilmaydi. Ingressiyada ingression qirg’oqlar hosil bo’ladi. Masalan, Ukrainaning shimoliy-g’arbiy qismidagi qora dengiz bo’yi qirg’og’i.