ISMOILLI

ISMOILLI — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1967 yildan). Katta Kavkazning Janubiy yon bag’ri etaklarida joylashgan. Myusyusli temir yo’l stantsiyasi (Tbilisi — Boku yo’nalishi)dan 47 kilometr. Aholisi 12,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, asfalt zavodi bor.