IBODOV ISMOIL YUSUPOVICH
IBODOV ISMOIL YUSUPOVICH (1927.25.10 – Andijon – 1998.1.5) xirurg, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari Doktori (1969), professor (1971). Toshti (1953). Andijon viloyat kasalxonasi xirurgiya bo’limida ordinator (1953— 58), Andijon tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasi assistenti, dotsenti, kafedra mudiri va professor (1958— 96). Ilmiy ishlari, asosan, me’da-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bag’ishlangan. Bolalarda siydik toshini olish operatsiyasida qovuqni yuqoridan kesib, bir qatorli chok solish usulini amalda joriy etgan.