IEROGLIFLAR NAZARIYASI

IEROGLIFLAR NAZARIYASI – gno seologik nazariya; unga ko’ra, sezgilar — narsalar Real xossalarining shartli belgilari (simvollar, ierogliflar)dir, sezgilarning narsalar hamda ularning xossalari bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Ierogliflar nazariyasini 19-asr oxirida nemis fiziologi G. Gelmgols ishlab chiqqan. Bunda u nemis fiziologi I. Myuller ifodalab bergan «sezgi organlarining o’ziga xos energiyasi qonuni»ga asoslangan. Mazkur konunga ko’ra, sezishning o’ziga xos xususiyati sezgi a’zolarining o’ziga xos tuzilganligi bilan belgilanadi.