KAVABATA YASUNARI

KAVABATA YASUNARI (1899.11.6, Osaka shari — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon san’at akademiya a’zosi (1953). 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — «Idzunlik o’yinchi» (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. Kavabataning o’ziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuyg’ulardan iborat «qorli o’lka» (1937) qissasida namoyon bo’lgan. San’at darajasiga ko’tarilgan qadimgi urf-odatlar — choy bilan bog’liq udum «ming qanotli turna» (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. «Tog’lar nolasi» (1953), «eski poytaxt» (1961) romanlari ichki lirizm bilan sug’orilgan, «Uyqudagi nozaninlar» (1961) qissasi yolg’iz qolgan keksa inson hayoti haqida. Kavabata bir qator esselar («go’zallikning yaratilishi va mavjudligi» va boshqalar) muallifi. «Uyqudagi nozaninlar» qissasi o’zbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).