KAVALERIYA

KAVALERIYA (Fransuzcha cavaleria) — otliq askarlar, suvoriylar. Quruqlikdagi qo’shin turi. Qadimda va o’rta asrlarda qo’shinning asosiy turi hisoblangan. 19-asr o’rtalarida harbiy texnikaning rivojlanishi natijasida Kavaleriyaning ahamiyati pasaygan. 20-asrning 50-yillarida tugatilgan.