KO’HNA FAZLI

KO’HNA FAZLI, Kushki Fo’zayl — qadimgi shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 13-asr boshi). Qarshi shahridan 50 kilometr Janubi- g’arbda. Atrofi paxsa devor bilan o’ralgan. Ko’hna fazlining uzunligi Janubi-g’arbdan shimoli- sharqqa 1 kilometr, kengligi 550 metr bo’lgan; Janubi qismida balandligi 20 metr bo’lgan Ark joylashgan; 9-12-asrlarda bazda nomi bilan mashhur bo’lgan va kuchli qal’a-istehkomga aylangan. Ko’hna fazlida hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Undan Buxoro—Kalif va Vasaf—Kalif karvon yo’li o’tgan. Mo’g’ullar hujumidan keyin xarobaga aylangan.