KO’HISTON
KO’HISTON — Erondagi tog’li tabiiy o’lka. Dashti Kavir va Dashti Lut cho’llari oralig’ida. Aksari meridioval yoki shimoliy va shimoliy-g’arbdan Janub va Janubi-sharqqa yo’nalgan hamda o’zaro keng soyliklar bilan ajralgan bir necha tizmalardan iborat. Balandligi 1500-2000 metr, ayrim cho’qqilari 2500 metrdan baland (Murkum tog’i, 2839 metr). Tog’ oralaridagi yassi soyliklarning balandligi 800-1200 metr bo’lib, sho’rxoklar bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental, cho’l iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi birmuncha sovuq. Yillik yog’in 200 millimetrgacha. Daryo o’zanlarida faqat yomg’ir yoqqanda suv oqadi. O’simlik siyrak. Ko’p joylari Toshloq, qumloq va sho’rxokli cho’l. Yaylov chorvachiligi rivojlangan; tog’oldilarida kichikroq vohalar bor.