KO’HIBOBO

KO’HIBOBO – Hindukush tog’lari tarkibidagi tog’tizmasi. Afg’onistonning Markaziy qismida. Uzunligi qariyb 60 kilometr. Eng baland joyi 5143 metr (Shohpo’loti tog’i). Herirud, Hilmand, Surxob (Amudaryoning chap irmog’i), Kobul (Hindning o’ng irmog’i) daryolarining bosh qismlari shakllanadigan gidrografik tugun. Tog’ Dashti va cho’l landshafti hukmron.