KADIS

KADIS — Ispaniyaning Janubiy qismidagi shahar. Andalusiya Muxtor viloyatida, Kadis provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 143,1 ming kishi (1998). Atlantika okeanining kadis qo’ltig’idagi port. Kemasozlik, aviatsiya, baliq konservalash, tamaki sanoati korxonalari mavjud. Shaharga miloddan avvalgi 9-asrda finikiyaliklar tomonidan gadir nomi bilan asos solingan. Me’moriy yodgorliklaridan Puerta de Terra devorlari (17-asr), Santa-Krus sobori (13-asr) saqlangan.