FURFUROL
FURFUROL (lotincha furfur — kepak, qipiq va oleum — moy), S5N4O2 — yangi yopilgan javdari non xidi keladigan geterosiklik aldegid; sarg’ish moysimon suyuklik. Suyukqlanish temperaturasi — 36,5°, qaynash temperaturasi 161,7°, zichligi 1159 kg/m3; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. Furfurolning kimyoviy xossalari benzoat aldegidnikiga o’xshaydi. O’simlik materiallari (masalan, makkajo’xori o’zagi, sholi qipig’i)ni gidrolizlab olinadi. Furfurol furfuril spirt, tetragidrofurfuril spirt, tetragidrofuran, furan smolalari, divinil, sanoat yelimlari olishda ishlatiladi. Furfurolning ba’zi hosilalari tibbiyotda furasillin sifatida qo’llanadi.