FARHOD GES
FARHOD GES — Sirdaryoning o’rta oqimida, Farhod gidrouzelida joylashgan gidroelektr stansiya. «Uzbekenergiya» davlataktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi sho’ba korxona. GES qurilish haqida qaror 1942 yil 18 mayda qabul qilingan. GES qurilishi 1943 yil 10 Fevralda umumxalq qurilishi sifatida — hashar yo’li bilan boshlangan. 1948 yil 1-gidroagregata ishga tushirilgan, 1949 yil iyun oyidan o’rnatilgan umumiy quvvati 126 MVt bo’lgan 4 ta gidroagregatli stansiya to’la quvvat bilan ishlay boshladi, 1951 yilda sanoat foydalanishiga qabul qilindi. Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarini, shuningdek, «Bekobodsement», «O’zbekiston metallurgiya kombinati» kabi yirik korxonalarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Quvvatlar 110, 35,6 kv kuchlanishda uzatiladi. O’rta Osiyo Birlashgan energetika tizimi («energiya» Birlashgan dispetcherlik markazi) ga ulangan. 2003 yilda 562 million kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi.