FLUKTUATSIYALAR

FLUKTUATSIYALAR (lotincha fluctuation tebranish) — fizik kattaliklarning o’z o’rtacha qiymatlaridan tasodifiy og’ishi. Tasodifiy omillarga bog’liq bo’lgan har qanday kattaliklarda Fluktuatsiyalar sodir bo’ladi. Statistik fizikada Fluktuatsiyalar tizim zarralarining issiqlik harakati tufayli vujudga keladi. Broun harakati mayda zarralarga muhit molekulalari ko’rsatayotgan bosimning Fluktuatsiyalari natijasida sodir bo’ladi. Fluktuatsiyalar fizik o’lchashlar aniqligini chegaralab qo’yadi, radiopriyomniklarda shovqin hosil qiladi. Shuning uchun statistic fizika, radiotexnika va hokazolarlarda Fluktuatsiyalar hisobga olinadi. Fluktuatsiyalar har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli.