ISHCHI-YOSHLAR TEATRI
ISHCHI-YOSHLAR TEATRI – havaskor lik va yarim-professional teatr turi. 20-yillarning 2-yarmi, 30-yillarning boshida keng tarqalgan. Toshkentda 1929 yil rus, 1930 yil o’zbek Ishchi-yoshlar teatri ochildi. Bu teatrlarning repertuari siyosiy tashviqot xarakterida bo’lib, spektakllarda musiqa, raqs, hazil-mutoyibalar bilan kundalik hayot aks ettirildi. Ijrochilar, asosan, ishchi yigit va qizlardan iborat bo’lgan. Ishchi-yoshlar teatrining spektakllari yarim improvizatsiya xarakteridagi stsenariylar asosida qurilib, haqiqiy dramaturgiya, mumtoz merosdan chekinishga, sxematizmga, yuzakilikka va aktyorlik ijro madaniyatining susayishiga olib keldi. 1932 yil 23 apreldan yirik professional darajadagi Ishchi-yoshlar teatri davlat teatriga aylantirildi. Havaskorlik jamoalari esa kasaba uyushmalari ixtiyoriga o’tkazildi.