IGNITRON
IGNITRON (lotincha ignis — olov va (elektr) Ron) — simob katod va boshqariladigan yoy razryadli bir anodli ion asbob. Ishi gazlardagi yoy razryadga asoslangan. Ignitronda kremniy karbidi yoki bor karbididan qilingan qo’shimcha elektrod — yoqqich ishlatiladi. Yoqqichga kuchlanish berilganda yoqqich bilan simob katodning tutashgan qismida uchqun chiqadi. Shunda asosiy anod yoy razryadini hosil qiladi. Yoqish kuchlanishi fazasini asosiy kuchlanish fazasiga nisbatan o’zgartirib, Ignitrondan o’tuvchi tok miqdorini boshqarish mumkin. Ignitron metall va shisha qobiqii qilib ishlab chiqariladi. Metall qobiqli Ignitron tok kuchining o’rtacha qiymati 20-700 a (anod- dagi kuchlanish amplitudasi 5 kv gacha), shisha qobiqli Ignitronda — 100 a gacha (5 kv) bo’ladi. Ignitron kuchli to’g’rilovchi qurilmalar, elektr yuritmalar, elektr payvandlash qurilmalari, temir yo’llardagi kichik elektr stansiyalari va boshqa joylarda ishlatiladi. Ignitron o’rniga yarim o’tkazgichli qurilmalar ham ishlatilmoqda.