IDEAL KRISTALL

IDEAL KRISTALL — zarralari (atomlar, molekulalar, ionlar) fazoda qat’iy muayyan tartibda joylashgan va fazoviy simmetriya xossasiga ega bo’lgan mukammal strukturali qattiq jism; kristallarning ideallashtirilgan modeli. Tuzilishi jihatdan tabiiy kristalldan farq qiladi. Tabiiy Kristallda turli nuqsonlar — dislokatsiya, bo’sh joylar, kirishmalar va hokazolar mavjud bo’lib, qatiy muayyan strukturali bo’lmasligi ham mumkin. Kristall Panjara tebranishlari ham zarralar strukturasi tartibini buzadi. Ideal kristall tushunchasi Kristallografiya va qattiq jismlar nazariyasida keng qo’llaniladi.