IMPERATIV

IMPERATIV (lotincha imperativus — buyuruvchi) — talab, buyruq, qonun. Nemis faylasufi Kant «amaliy aklni tanqid» (1788) asarida Imperativni etika tushunchasiga kiritgan. Unga ko’ra, shaxsiy printsip (Maksima)ga qaramaqarshi o’laroq, Imperativ hammaga majburiy bo’lgan rasmiy axloq-odob talabidir. Imperativ shartli va qat’iy Imperativga bo’linadi. Shartli (taxminiy) Imperativ ma’lum shart-sharoitlardagina amal qiladi, qat’iy Imperativ — muqarrarlik (bo’lishi keraklik)ni ifoda etadi. U yurish-turishda rioya etilishi kerak bo’lgan shakl va qoidani belgilab beradi.