IMPORT

IMPORT (inglizcha import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o’tkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog’ozlar va boshqalar keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sug’urta, ilmiy-texnika bilimlari va boshqa xizmatlar xarajatlari ham Import tarkibiga kiradi. Import bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, lisenziyalash tizimi va boshqa notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi. Importning eksportdan ustunligi mamlakatning tashqi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.