IN
IN — hayvonlarning tuproqda qazigan vaqtinchalik yoki doimiy yashaydigan makoni, pana joy. Ayrim hollarda toshlar orasida, yog’ochlarda, qorda ham In quriladi. In yirtqichlardan va sovuq havodan himoya qiladi yoki unda oziq- ovqat saqlanadi; hayvonlar juftlashadi va avlodlarini voyaga yetkazadi. Kemiruvchilar, bo’rsiqlar, tulkilar Inini doimo tuzatib turadi; Inda ular uzoq vaqt, hatto yuz va ming yillab yashashi mumkin. Murakkab tuzilgan Indan In egalari bilan birga boshqa organizmlar ham foydalanadi. In murakkab biosenoz bo’lib, ayrim sut emizuvchilar Inida xavfli kasallik (o’lat, Leyshmanioz) tarqatuvchi hayvonlar yashashi mumkin. Shu sababli In ko’p bo’lgan hududlarda xavfli kasalliklar manbai bo’lishi uchun sharoit tug’iladi.