INVENTARLASH

INVENTARLASH (lotincha inventarium — xo’jalik buyumi), yo’qlama qilish —korxonalar, firmalar, tashkilotlarda nakd mulk va tovarlarning, natura holidagi moddiy boyliklarning mavjudligi yoki holatini, mablag’larni muntazam tekshirib turish, shuningdek, ularning moddiy boyliklarni hisobga olish qaydnoma (vedomost)lariga muvofiqligini aniqlash maqsadlarida davriy qayta hisobga olish. Inventarlashning to’liq, qisman, rejali va to’satdan o’tkaziladigan ko’rinishlari mavjud.