INNERVATSIYA

INNERVATSIYA (lotincha in — ichga, nervus — nerv) — odam va hayvonlar a’zolari hamda to’qimalarining markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi nerv (asab) tolalari orqali Markaziy nerv sistemasi bilan bog’lanishi. To’qima va a’zolardagi qo’zg’alish markazga intiluvchi (afferent) nerv tolalaridan Markaziy nerv sistemasiga boradi va undan Markazdan qochuvchi (efferent) nerv tolalari orqali ishchi a’zolarga qaytadi. Innervatsiya tufayli organizm tashqi va ichki muhit ta’siriga javob qaytaradi. Ayrim a’zolar (masalan, skelet muskullari)ning faoliyati faqat efferent Innervatsiya hisobiga ro’y beradi. Ba’zi a’zolar (masalan, yurak, ichak qisqarishi) shu a’zolarning o’zida paydo bo’lgan impulslar ta’sirida Innervatsiyalanadi.