ISFIZOR
ISFIZOR — Seyistondagi tarixiy shahar. Saljuqiylar davri (11 —14-asrlar)da viloyat markazi bo’lgan. G’uriylar sulolasining 4hukmdori Shihobuddin G’uriy (Abulmuzaffar Muhammad ibn Som) (1203-06) jiyani G’iyosuddin Mahmudni Isfizorga voliy etib tayinlagan. Bu shahar ko’pgina mashhur kishilar vatani bo’lgan.