KUFUOR JON AGYEKUM

KUFUOR JON AGYEKUM (1938.8.12, Kumasi) — Gana davlat arbobi. Oksford universitetining iqtisod, falsafa va siyosat fakultetini tugatgan (1964). Mehnat faoliyatini 1967 yil Kumasi shahri hokimiyatida boshlagan. 1968-69 va 1979 yillarda Konstitutsion Assambleya a’zosi. 1992 yil Yangi vatanparvarlar partiyasi asoschilaridan. 2 marta parlament a’zoligiga saylangan. Gana tashqi ishlar vaziri o’rinbosari, muxolifat rahbari o’rinbosari, parlamentda tashqi aloqalar bo’yicha palata raisi, mahalliy hukumat kotibi lavozimlarida ishlagan. 2000 yil 28 dekabrda bo’lib o’tgan saylovda Gana Respublikasi prezidenti etib saylangan.