KAYLAS
KAYLAS — Xitoydagi tog’ tizmasi, Tibet tog’ligining Janubda. Shimoli- g’arbdan Janub-sharqqa tomon Himolay tog’lariga parallel yo’nalishda 300 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 6714 metr (Kaylas tog’i). Asosan, granit jinslardan tuzilgan. Janubiy yon bag’ri tik, kuchli yemirilgan, shimol nisbatan qiya. Qor chizig’i 5700-5900 metr balandlikdan o’tadi. Muzliklar bor. Baland tog’larga xos quruq dasht landshafti ustun. Kaylasdan Hind va Brahmaputra daryolari irmoqlari boshlanadi.