KADMIYLASH

KADMIYLASH — asosan, po’lat buyumlar sirtiga 7-20 mkm qalinlikda kadmiy qatlami yugurtirish; buyumlarni korroziyadan saqlash uchun qo’llaniladi. Elektr kimyoviy usul bilan va vakuum ostida qoplanadi. Elektr kimyoviy Kadmiylashda buyumlar kadmiyning oddiy kislotali tuzlari yoki murakkab kompleksla- rining suvdagi eritmasida elektroliz qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Vakuum ostida Kadmiylashda qoplanadigan material (kadmiy) to’zitiladi va zarralarining yo’naltirilgan oqimi hosil qilinadi, so’ngra buyum sirtiga o’tiradi. Samolyot, kemalarning eng muhim detallari, tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar kadmiylanadi.