KAYMAN OROLLARI
KAYMAN OROLLARI – Karib dengizidagi orollar, Vest-Indiyada, yamayka orolidan shimoli-g’arbda. Buyuk Britaniya mulki. Katta Kayman, kichik Kayman va Kayman-brak orollaridan iborat. Umumiy maydoni 259 km2. Aholisi 20 ming kishidan ortiq, asosan, kreol, negr va mulatlar. Rasmiy til — ingliz tili. Ma’muriy markazi — Jorjtaun shahri. Dengiz hayvonlari (akula, toshbaqa, baliq va boshqalar) ovlanadi. Aholi tropik dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Xalqaro bank operatsiyalarining yirik markazi. Turizm rivojlangan. Orolni 1503 yilda X. Kolumb ochgan.