KALIY PERMANGANAT

KALIY PERMANGANAT (Kalium permanganicum), margansovka, KMpO4 — antiseptik modda. To’q binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizg’ish-binafsha rangli. Kaliy permanganat to’qimalarga tushganida o’zidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi ta’sir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, og’iz va tomoqni chayish, ginekologiya hamda urologiya amaliyotida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.