KAMON
KAMON (musiqada) — 1) bir uchidan ikkinchisiga qil tutami tortilgan tayoqcha; g’ijjak, skripka kabi torli cholg’u asboblarini chalish uchun ishlatiladi. Kamonning ishqalanishidan tor tebranib tovush chiqaradi. Tuzilishi jihatdan Kamonga nisbatan takomillashgan smichok hozir Kamon o’rnida qo’llaniladi va u ham Kamon deb yuritiladi; 2) Kavkaz, O’rta va yaqin Sharq mamlakatlarida g’ijjakning nomi, kamoncha deb ham ataladi.