KAMOLCHILAR INQILOBI

KAMOLCHILAR INQILOBI — Otaturk Mustafo Kamol rahbarligida 1918-23 yillarda amalga oshirilgan turk milliy inqilobi. Kamonchilar inqilobi natijasida Turkiya sultonligi (1922 yil 1 noyabr), xalifalik (1924 yil 3 mart) tugatildi. Turkiya respublika deb e’lon qilindi (1923). Kapitulyatsiyalar rejimi, xalqaro moliyaviy nazorat hamda xorijiy kontsessiyalarning imtiyozlari bekor etildi. Davlat va ma’muriy idoralarda, turk madaniyati va jamiyatida ilg’or islohotlar o’tkazildi.