YARIM OROL

YARIM OROL — uch tomoni suv bilan o’ralgan va faqat bir tomondan materik yoki orolga tutashgan quruqlik yer. Ko’pincha Yarim Orol geologik jihatdan materik bilan bir butunni tashkil etadi. Masalan, Arabiston, Hindiston, Qrim, Bolqon, Kamchatka yarim orollari.