YABLOCHKOV PAVEL NIKOLAYEVICH
YABLOCHKOV PAVEL NIKOLAYEVICH [1847.2(14).9, Saratov gubernyasi Serdobsk uezdi — 1894.19(31).3, Saratov] — elektrotexnika sohasidagi rus ixtirochisi, harbiy muhandis. Yoyli lampa — «Yablochkov shami»ni ixtiro etib (1876), elektr chiroqqa asos soldi va patent oldi. Uni cho’g’lantirish uchun o’zgaruvchan tokdan foydalandi. Yablochkov o’zgaruvchan tok elektr mashinasining original konstruktsiyasini ishlab chiqdi; transformatorni ixtiro qildi (1876). Yablochkov Yoyli lampalarning bir necha konstruktsiyasini yaratdi. 1880 yildan elektr sham o’rnini T. Edison ixtiro qilgan cho’g’lanma lampa egalladi. Yablochkov turli elektr toki generatorlari — dinamomashinalar, Galvani elementlarini ham loyihalagan.