YAVA
YAVA — Malay arxipelagining katta Zond orollari guruhidagi Orol, Indoneziya tarkibida. Maydoni 126,5 ming kilometr kvadrat. Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. Uzunligi 1000 kilometrdan ziyod, qirg’oqlari kam parchalangan. Relefi, asosan, vulkan natijasida hosil bo’lgan tog’liklardan iborat, eng baland joyi 3676 metr (Semeru vulkani). 100 dan ortiq vulkan bor, ulardan 30 tasi harakatdagi vulkanlar. Tez- tez kuchli zilzila bo’lib turadi. Shimoliy sertepali allyuvial tekislik. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yog’in tekisliklarda 1000-1500 millimetr, tog’larda 5000 millimetrdan ziyod. Daryolari sersuv. Doim yashil va barg to’kuvchi tropik o’rmonlar, tog’ cho’qqilarida butazor va yaylovlar bor. Yavaning Sharqiy qismida savanna tipidagi o’simliklar o’sadi. Bir nechta milliy bog’lar tashkil etilgan. Tekisliklarda makkajo’xori, sholi, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi, Kauchuksimonlar plantasiyalari bor. Neft qazib olinadi. Asosiy shaharlari: Jakarta, Bandung, Surabaya.