YAZDIGARD III

YAZDIGARD III (? 651 yoxud 652 yil boshi) — sosoniylar sulolasining so’nggi shohi (632 yildan). Xusrav II ning nabirasi. Ichki ijtimoiy tanazzul, beto’xtov urushlar oqibatida mamlakatni xonavayron bo’lishi Sosoniylar davlatini holdan toydirgan. Shu tufayli sosoniylar Yazdigard III hukmronligi davrida arablar istilosiga yetarli qarshilik qila olishmagan. Qodisiya jangida (637 yil) arablar g’alaba qilib Ktesifonni egallaganida Eron hududi hali ham Yazdigard III qo’lida edi. Biroq Naxovand Jangidagi (642) maglubiyatdan so’ng u shimoliy Sharqiy viloyatlar tomon chekingan. Marv atrofida o’ldirilgan. Zardushtiylar yil hisobi Yazdigard III podsholik qila boshlagan davrdan boshlangan.