YALPI SIRT

YALPI SIRT — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining Janubi sharqidagi platosimon qirlar. Volga va Ural daryolarining suvayirg’ichi. Sharqiy qismi tor, o’ydimchuqur. Kenglik yo’nalishida 500 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 405 metr. G’arbi Volga daryosi tomon pasayib boradi. Sharqda Janubiy Ural tog’lariga yondosh, Janubda Kaspiybo’yi pasttekisligidan pog’onasimon ko’tarilgan. Markaziy qismida uncha baland bo’lmagan qoldiq tepalari (shixanlar)dan iborat bo’lib, balandligi 50-100 metr. Yalpi sirt paleozoy va mezozoy qumtoshlari, gil, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst relef shakllari hosil bo’lgan. Yalpi sirtdan Samara, katta Irgiz va Ural daryolarining ba’zi irmoqlari boshlanadi. Dasht o’simliklari o’sadi.