FOTOMETR

FOTOMETR (foto… va …metr) — fotometrik kattaliklar (yoruglik kuchi, yoruglik energiyasi, yoritilganlik, nurlilik, yorituvchanlik, yoruglik ekspozisiyasi), shuningdek, optik materiallarning yorug’lik xarakteristikalari, masalan, yoruglik yutish va qaytarish koeffisientlari va boshqa o’lchanadigan asbob. Fotometr yasalishi va ishlash printsipiga ko’ra, vizual, fotoelektrik, taqsimlash, integrallovchi, sharli va boshqa xillarga bo’linadi. Fotometr gaz, qattiq va suyuq moddalarni tekshirishda, optik tizimlarda ishlatiladi.