YANGIBOZOR
YANGIBOZOR — Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi qishloq, tuman markazi (1950 yildan). Yangibozor Toshkent — Samarqand — Urganch — Nukus avtomobil magistrali yoqasida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Kogon (42 kilometr). Viloyat markazi (Buxoro shahri)dan 35 kilometr. Aholisi 5591 kishi (2003). Aholisi va xo’jaliklari AmuBuxoro mashina kanalidan suv oladi. Non kombinati, 2 qurilish tashkiloti, 4 aktsiyadorlik jamiyati, 130 kichik va o’rta biznes sub’yektlari va boshqalar korxonalar, avtovokzal, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.